“MUROJAATDAN — DAROMADGA” loyihasi: 505 nafar ishsizning bandligi ta’minlandi

Date:

Hamma ham ish topish uchun qayerga murojaat qilishni bilmaydi. Holbuki, qo‘lida guldek hunari borlar, qaysidir sohaning yaxshigina mutaxassisi bo‘lganlar-u o‘zining muvaffaqiyatli biznes loyihalari bilan nima qilarini bilmay yurganlar qancha? Shunchaki, ularni to‘g‘ri yo‘naltira olish, oilalarni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun turtki bo‘lmoq lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasini tashabbusi bilan joylarda “Murojaatdan — daromadga” loyihasi esa aholiga ana shunday turtki vazifasini o‘tayapti. Ayni loyiha asosida, ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlanmoqda, oilasi, ro‘zg‘origa daromad olib kirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Buning uchun murojaat qilish kifoya va ixtisosligi, kasb-u koriga qarab munosib rag‘bat olib, qo‘llab-quvvatlanadi.
Gap xalq qabullarida bo‘ladigan murojaatlar haqiga ketganda, aytish kerakki, viloyatimizda o‘tgan 2023-2024-yillar davomida 9 678 nafar nogironligi bo‘lgan hamda ehtiyojmand fuqarolar tomonidan sog‘liklarini tiklashlari, kontrakt pullarini to‘lash, moddiy yordam mablag‘larini ajratish, bandligini ta’minlash uchun ularga tikuv mashinasi va yashash sharoitini yaxshilash maqsadida mablag‘ ajratilishida amaliy yordam so‘rab, jami 10 168 ta murojaat kelib tushgan. Demak, murojaatlarning salmoqli qismi bandlik masalasida ekan, bu masalaga jiddiy qarashni talab etadi.


Denov tumani, “Bog‘inav” mahallasi hududidagi Dendrariy eko bog‘ida “Murojaatdan — daromadga” loyihasi asosida tadbir tashkil etildi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev ochib, ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami bilan tabriklab, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, o‘zini-o‘zi band qilgan aholi orasidan tadbirkorlar sinfini shakllantirish, bu borada olib borilayotgan ishlarini aniq joyiga chiqib ko‘rish, jamiyatda xotin-qizlar roli va o‘rnini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash, og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish haqida to‘xtaldi. So‘z isboti bilan deganlaridek, viloyatimizga beshta tumanga besh yuzdan ortiq tikuv mashinkalari olib kelib, ayollarimizning bandligi ta’minlanishida, doimiy daromad topishiga sharoit yaratilganligini qo‘shimcha qildi.


Mazkur tadbirda Uzun, Denov, Sariosiyo va Oltinsoy tumanlariga 100 tadan, Sho‘rchi tumaniga 105 ta tikuv mashinkasi 91 ta mahalladagi 505 nafar xotin-qizga berildi. Ular orasida Denov tumanining “Fayzli” MFY hududidagi tikuvchi Lola Haqberdiyeva ham bor. Tikuvchi ayol tikuv mashinkasi yo‘qligi sababli eski tipdagi tikuv mashinkalardan foydalanib kelar, ko‘plab ijtimoiy himoyaga muhtoj qishloq qizlaridan shogird chiqarishdan mehnatini ayamadi. Opaning mehnati, sa’y-harakatlari bugun mukofotini topib, zamonaviy tikuv mashinkalariga ega bo‘ldi. Bu orqali Lola Haqberdiyeva yanglig‘ ko‘plab ayollarning oilalariga daromad olib kiradigan bo‘ldi.
Har bir inson o‘z ro‘zg‘orini halol mehnati bilan tebratishni, farzandlarini vatanga, xalqqa munosib va fidoyi inson bo‘lib kamol topishini, yuragining tubidagi orzularini ro‘yobga chiqarishini niyat qilib yashaydi. Ammo taqdiri azal insonni turli sinovlar bilan sabr-bardoshini sinashi ham bir hikmat. Ayollarimiz – davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi bo‘lsa, biznes va tadbirkorlik – zamonaviy iqtisodiyotimizning asosidir. Ishonamizki, yangi imkoniyatlarga ega bo‘lgan ayollarimiz o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, maktabni tamomlayotgan yoshlarni va ishsiz xotin-qizlarni o‘z bag‘riga olib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiradilar deb ishonamiz.

Abdulhakim Eshmuratov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro kuzatuvchilar gazeta tahririyatida

Sanoqli kunlardan so‘ng, yurtimizda muhim siyosiy jarayonlar boshlanadi. Tayyorgarlik,...

Faqat Ko‘hitangda bor…

Ko‘hitang tog‘ tizmasi hududi O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasining...

Sho‘rchida xrizantema yetishtirilmoqda

Bayram yoki tug‘ilgan kunimizda gul sovg‘a qilishsa, bahri dilimiz...

“Qo‘qon–Termiz–Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha…

Qaysidir viloyat yoki davlatga borishimizga to‘g‘ri kelsa, manzilga eng...
KunTun
KunTun