Maktab formasi – tenglik ifodasi

Date:

Yangi o‘quv yili ham boshlanish arafasida. Bozorlarda esa bir-biridan ajoyib dizayndagi maktab formalari terib qo‘yilganki, yoshlar va ota-onalar qaysi birini tanlashga shoshib qoladi. Ammo nima bo‘lganda ham tanlovimiz talab va standartlardan chetga chiqmasligi kerak. Axir, bola maktabga o‘zini ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, o‘qish uchun boradi.
Termiz shahridagi 16-umumta’lim maktabida ayni masalaga qaratilgan holda ota-onalar majlisi o‘tkazildi. Unda asosan, yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarning maktab formalari, odob-axloq qoidalari yuzasidan so‘z yuritildi. Majlis davomida ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini joriy etish taklifini bildirib, maktab formasining bir turda bo‘lishi o‘quvchilar orasida o‘zaro tabaqalanish holatlarining oldini olishda muhim ekanligini ta’kidlashdi.
Maktab ma’muriyati tomonidan mazkur taklif inobatga olindi. Bu borada kelib tushgan takliflarga muvofiq ushbu masala maktabning pedagogik kengashida ko‘rib chiqilishi va tegishli qaror qabul qilinishi ko‘zda tutildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun