Maktab direktori vazir tomonidan rag‘batlantirildi

Date:

Ishlaganda ham har birimiz mas’uliyatni his etgan holda, sidqidildan faoliyat yuritishimiz, zimmamizdagi vazifani vijdonan bajarishimiz lozim. Ana shundagina sohada o‘sish, rivojlanish kuzatiladi. Ta’lim, kasb-hunar sohasini egallashda yoshlarga keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berish esa har bir ta’lim muassasasi rahbariyatining zimmasidagi vazifadir. Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi kasb-hunar va ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish bo‘yicha tayanch maktab bo‘lib, 213 nafar o‘quvchiga duradgorlik va tikuvchilik, 145 nafar o‘quvchiga sartaroshlik, qandolatchilik o‘rgatiladi. Maktabda rus, ingliz tillarida ta’lim beriladi. Shuningdek, ikkinchi xorijiy til sifatida 180 nafar o‘quvchi nemis tilini o‘rganmoqda.
Maktabning mazkur ko‘rsatkichlarga erishishi, ma’naviy sog‘lom muhitning tashkil etilganligi, o‘quvchilarga kasb-hunarni o‘rgatishda namuna ko‘rsatganligi va tizimdagi jonkuyarligi sababli 26-maktab direktori Ixtiyor Ziyotov Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ushbu ko‘krak nishonini maktab direktoriga tantanali ravishda topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun