Yarmarkalar xalq xizmatida

Date:

Bozorlar arzon bo‘lsa, dasturxonimiz to‘kin-sochin, ro‘zg‘orimiz qut-barakali bo‘ladi. Qolaversa, yurtga keladigan mehmon ham birinchi navbatda, o‘sha davlatning bozorlarini kezadi va bu yerdagi holat, xalq hayoti haqida ozmi-ko‘pmi taassurot oladi. Doimo rahbar va mas’ullar bozorlarimizga e’tibor qaratib, narx-navoni mo‘tdil tutishga, sifatli va arzon sotilishiga e’tibor qaratadilar.
Bu borada bayramlar, ulug‘ ayyom kunlari eng yaxshi bahonai sabab bo‘ladi va arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etiladi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Surxondaryoning boshqa hududlari singari Angor tumanidagi markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorida ham Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu yarmarkada aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari sotuvi yo‘lgan qo‘yilgan. Tuman hokimi Qosim Mardonov ham yarmarkada bo‘lib, unda oziq-ovqat mahsulotlari narxini asossiz oshirilmaslik to‘g‘risida tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.
Angorliklar mazkur yarmarkadan arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, qilgan bozoridan mamnun bo‘lishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun