Parij-2024: Bahodir Jalolov Olimpiadada finalga chiqdi

Date:

Bahodir Jalolov deganda har bir o‘zbekning ko‘z o‘ngida yengilmas bahodir, o‘zbekning Alpomishi gavdalanadi. To‘g‘ri-da, birinchi raunddayoq raqibiga kim bilan ringga chiqqanini ko‘rsatib qo‘yadigan bokschi haqida bundan ortiq qanday ta’rif-u tashbeh aytish mumkin? Bahodir Jalolov Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan yozgi Olimpiadada finalga chiqdi. Bokschining har bir jangini katta qiziqish bilan kuzatib borgan xalqimiz ahli yana bir bor sportchining kuchiga, mahoratiga tan berishgani ham rost. Bu muvaffaqiyat Olimpiadaning ikkinchi chempionligi uchun bir qadam qolganini ko‘rsatadi!.
Boks boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov ikkinchi bor Olimpiada finalchilari qatoridan joy olmoqda. Jalolov germaniyalik Raman Tiafakni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘llanma oldi. Finalda Bahodir 10-avgust kuni ispaniyalik Ayub Al Gadfaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun