“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak”

Date:

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilning 1-avgust kunidan 30-avgust kuniga qadar xotin-qizlarning huquqiy muammolarini hal qilishga va ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi e’lon qilingan. Shu sababdan aksiya doirasida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Termiz shahridagi “Tinchlik” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbirda mehnat yarmarkalari, xotin-qizlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga xotin-qizlarga bepul huquqiy yordamlar ko‘rsatildi. Qabul davomida kelib tushgan ko‘plab murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 5 ta murojaat ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun