Imzo yig‘ish boshlandi

Date:

Saylov barchani fikrlashga, keng qamrovli tashabbuslar haqida mushohada yuritishga undaydigan juda muhim jarayondir. Joriy yilning 27-oktyabr kuni yurtimizda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga deputatlar saylovida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham faol qatnashishni rejalashtirgan. Buning uchun partiya Plenumida hududiy partiya tashkilotlari va deputatlari, faollar bilan kelishib, chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. Partiya markaziy saylov shtabi faoliyat boshladi.
Imzo yig‘ish — saylovda qatnashishning eng muhim talablaridan biri bo‘lib, saylov kampaniyasining boshlang‘ich pallasi hisoblanadi. Mazkur jarayonda Xalq demokratik partiyasi munosib ishtirok etmoqda. Partiyaning saylovda qatnashishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imzo yig‘ish jarayonlari mamlakatimizning barcha hududlarida, mahallalar va mehnat jamoalarida faol davom etmoqda. Xususan, Termiz shahridagi Sa’nat saroyida bo‘lib o‘tgan imzo to‘plash tadbirida aniqlik, ishchanlik hamda o‘zaro hamjihatlik ruhiyati ufurib turdi. Surxondaryo viloyatida partiyaning 95 nafar deputati, 700 dan ziyod boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat yuritayotgan bo‘lib, imzo to‘plash jarayonlarlarida ular alohida faollik ko‘rsatmoqda. Imzo to‘plashning ahamiyati tushuntirilib, imzo varaqalari to‘ldirilmoqda. Bunday tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Shuningdek, fuqarolarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi g‘oyalari hamda bo‘lajak siyosiy jarayonning mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berilmoqda. Jumladan bugun o‘tazilgan savol-javoblar viktorinasi ham bunga misol bo‘la oladi. O‘z navbatidaaholi vakillari tomonidanham juda ko‘plab savollar bilan murojaat qilinmoqda. Partiya g‘oyalari bilan qiziqib, erishgan yutuqlari yuzasidan fikr mulohazalar bildirilmoqda. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratik huquqiy davlatni barpo etishda har bir saylovchining o‘rni, faolligi juda muhimligi ta’kidlanyapti. Ayniqsa, yoshlar bilan muloqotlar chog‘ida har bir fuqaro jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar va turli jarayonlarga o‘zining munosabatlarini siyosiy huquqlari orqali namoyish etishi, shuning uchun befarq bo‘lmasligi, ertangi kunda o‘zining huquqlarini ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda amalga oshirish orqali yuzaga chiqishini anglashi lozim tushuntirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Saylov kodeksiga muvofiq, siyosiy partiyani qo‘llab-quvvatlab, jami saylovchilarning umumiy sonining kamida bir foizining imzosini to‘plashi nazarda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun