Mavsumga hozirlik ko‘rilmoqda

Date:

G‘o‘za maydonlarida oq oltin nishona berib, ha demay yig‘im-terim mavsumi boshlanishidan darak berayotganday. Albatta, bu mavsumga puxta hozirlik ko‘rish kerakligini anglatadi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarida paxta hosilini yig‘ib olish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha tashkil etilgan amaliy seminarlarda ishtirok etdi.
Paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish maqsadida Termiz tumanida 48 ta, Jarqo‘rg‘on tumanida 158 ta va Qumqo‘rg‘on tumanida 230 ta otryad tashkil etilgan bo‘lib, o‘tkazilgan seminarlar davomida otryadlar, jalb qilingan texnikalarning shaylik holati, terimchilar uchun paxta maydonlarida sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Hudud va otryad rahbarlariga yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi. aytish kerakki, 2024-yil paxta hosili uchun Termiz tumani 2 000 gektar, Jarqo‘rg‘on tumanida 7 140 gektar va Qumqo‘rg‘on tumanida 7 496 gektar maydonga g‘o‘za ekilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun