10 nafar mahalladoshini ishli qildi

Date:

Kimdir nogironligi sabab oladigan nafaqasiga kun ko‘radi, kimdir ishlashni istamay, ishsizlik nafaqasini olib, bir muddat bo‘lsa-da jonini ayaydi. Ammo oramizda shunday insonlar borki, imkonsizlikdan-da o‘ziga imkon qidiradi. Bekorchilikdan ko‘ra qandaydir ishning boshini tutib, o‘zini andarmon qilishni, oilasiga naïf tegishini o‘ylaydi. O‘ral To‘raqulov ham bundan to‘qqiz yil avval muxojirlikda baxtsiz hodisaga uchradi-yu, bir qo‘li va ikki oyog‘idan ayrildi. Oyoqlariga protez qo‘yildi…
Mahallasida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining tavsiyasi bilan 33 million so‘m kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Hozirda oq va qizil rangli tuproqlar qorishmasidan bir kunda 10 ming dona g‘isht ishlab chiqarmoqda. Bu borada esa ishga chaqqon bo‘lgan xodimlari yaqindan ko‘maklashmoqda. Kelgusida faoliyatini kengaytirib, yangi ish o‘rni tashkil etish niyatida.
Davlat menga nima berdi deb emas, jamiyatga mening qanday nafim tegmoqda shiori asosida mehnat qilayotgan O‘rol To‘raqulov mo‘jazgina tomorqasida g‘isht ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan. Buning natijasida 10 nafar mahalladoshini bandligini ta’minlashga ham erishgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun