Robot odamning tishini davoladi

Date:

Ko‘plab rivojlangan davlatlarda tish davolash eng qimmat xizmat turi hisoblanadi. Shu sababdan ham odamlar tishlarini asrashga intilishgan. Texnika rivojlanib, tibibyot sohasida ham misli ko‘rilmagan yangiliklar, burilishlar qilinmoqda. Zora, ixtiro va yangiliklar tish davolashda samaradorlikka erishishga xizmat qilsa… Boston (AQSH)da sun’iy intellekt yordamida ishlovchi robot-stomatolog ilk marotaba odamni davoladi.
Temirtanli tish shifokori vazifani shifokor hamkasbidan sakkiz baravar tezroq uddalagani e’tiborga loyiq. Sun’iy ongli robotning birinchi vazifasi qolip olib tish yasash edi. Odatda bu vazifa uchun taxminan ikki soat va stomatolog huzuriga ikki marta borish talab etiladi. Robot esa 15 daqiqada shu ishni bajarganiga nima deysiz? Ishlanma mualliflariga ko‘ra, bu robot kariesni avtomat tarzda 90 foiz aniqlikda topadi va 3D-skaner bilan og‘iz bo‘shlig‘i batafsil modelini yarata oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun