Elektr toki bilan ta’sir etib…

Date:

Har qanday kasallikning oldi olinmasa, kerakli dav choralari ko‘rilmasa, u organizmni yemirishi, oxir-oqibat kech bo‘lishi hech gap emas. Miya saratoni esa eshitgan odamni sergaklantirib, kerakli muolajaalarni qo‘llash lozimligi haqida xavf qo‘ng‘irog‘ini chalganday bo‘ladi. Bu kasallik odatda juda tez kuchayib, o‘z vaqtida davolanmasa, sog‘lom nerv hujayralariga hujum qiladi va kognitiv funksiyani buzadi. Oqibatda bora-bora bemorga dori-darmonlar ta’sir qilmay qo‘yadi.
Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti va Irlandiyaning Triniti biotibbiyot fanlari instituti olimlari xuddi shu xavfli o‘smalarga qarshi samarali kurashish usulini topdi. Tadqiqot donorlardan olingan glioblastoma to‘qimalari namunalarida o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, elektr toki orqali organizmdagi NK-hujayralar (tabiiy qotil hujayralar)ning miyadagi saraton o‘simtalarini yo‘q qilish “qobiliyat”ini oshirish mumkin. Buni tasdiqlash uchun laboratoriya sharoitida “tabiiy qotil hujayralar”ga elektr maydonini hosil qiluvchi qurilma yordamida ta’sir ko‘rsatildi va kutilgan natijaga erishildi.
Aytish joizki, NK-hujayralar tug‘ma immunitetning ishlashida ishtirok etadigan limfotsitlardir. Olimlarning ta’kidlashicha, NK-hujayra terapiyasi ko‘pincha saratonning og‘ir turlarini muolaja qilishda qo‘llaniladi. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, elektr maydoni orqali davolash, immunoterapiya va onkologik kasalliklarga qarshi kurashishning boshqa usullari kombinatsiyasi glioblastoma bilan og‘rigan bemorlarning sog‘ayish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun