Haydovchi bolani payqamaganmi?

Date:

Bugun yoningizda sodir bo‘lgan voqea qisqa fursatda butun dunyoga ma’lum bo‘ladi. Bu internet tarmog‘ining kuchi, odamlarning tezkorligi va yangilik, shov-shuvga o‘chligidir. Muhimi, keng jamoatchilikka ma’lum qiladigan xabar va videolarimizni ko‘proq tomoshabin tomosha qilsa bo‘lgani. Surxondaryo viloyatida harakatlanayotgan mashinaga osilib ketayotgan bola videosi tarqalib, ayni shunday ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, YPX xodimlari tomonidan qoidalarda nazarda tutilgan tartib hamda majburiyatlar xususida haydovchi va yo‘lovchiga tushuntirish ishlari olib borilgan. Haydovchi holatni sezmaganini, 200 metrcha yurganidan keyin ko‘rgach, tushirganini aytgan. Shuningdek, bu xavfli ekani va boshqa takrorlanmasligini ta’kidlagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun