Sherobodda “Do‘stlik” festivali

Date:

Yurtimizning boshqa hududlari kabi Sherobodda ham o‘zbeklar bilan birga turkman, tojik, rus, koreys va ko‘plab boshqa millat hamda elat vakillari bir oila a’zolaridek yashab, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy qilingan “Xalqlar do‘stligi kuni” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar, muloqotlar ularni yagona maqsad sari birlashtirmoqda.
Tumandagi Madaniyat markazida tuman hokimligi, Din ishlari qo‘mitasining tumandagi ma’sul xodimi hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, tuman Axborot-kutubxona markazi, tuman madaniyat bo‘limi, 8-sonli BMSM tomonidan tashkil etilgan “Do‘stlik festivali” ham buning yaqqol isboti deyish mumkin. Festival ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bayram dasturlarida barcha millat vakillari xursandchilik qildi. Ayniqsa, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun