Mehnat migratsiya xavfini kamaytirish maqsadida…

Date:

O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati va Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida “Mehnat migratsiya xavfini kamaytirish” loyihasi doirasida hamkor tashkilotlar uchun seminar o‘tkazildi. Unda Qizil Yarim Oy jamiyati Surxondaryo viloyat tashkiloti raisi R.Akbarov, XMT Inqirozga javob berish bo‘limi xodimi S.Alimova Viloyat Adliya boshqarmasi NNT xodimi, viloyat nogironlar assotsiattsiyasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish markazi xodimi, O‘zbekiston QYAOJ Angor tuman bo‘linmasi raisi hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad Afg‘oniston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida yashovchi ishsiz xotin-qizlar hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni bandligini ta’minlashdir. Bu orqali ularga o‘z bizneslarini boshlash va kengaytirish uchun jihozlar xarid qilinadi.
Shuningdek, “Mehnat migratsiya xavfini kamaytirish” loyihasi doirasida Angor, Muzrabot tumanlari hamda Termiz shahrida 3 ta zamonaviy 0,04 gektar yer uchastkasida issiqxona qurish orqali 12 nafar ishsiz jumladan, xotin-qizlar (Afg‘oniston fuqarolari)ni bandligini ta’minlash amalga oshiriladi. Bundan tashqari, loyihada Termiz shahridagi 25 nafar kasb-hunarga o‘qitilib, sertifikatga ega bo‘lgan xotin-qizlarga subsidiya ajratilib, o‘z bizneslarini boshlash va kengaytirish uchun jihozlar, ya’ni (tikuv mashinasi, salonchilik va qandolatchilik jihozlari) xarid qilish nazarda tutilgan.
Tadbir yakunida ushbu loyiha yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, taklif va mulohazalar bildirildi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun