Subsidiya asosida…

Date:

Mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari tavsiyalariga asosan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning murojaatlariga asosan subsidiya asosida tikuv mashinalari va kerakli asbob-uskunalar berish tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Bu orqali ishsizlarning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga erishiladi. Sariosiyo tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M.Qultayev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Gʻ.Davlatovlar tomonidan ham tumanda istiqomat qiluvchi vaqtincha ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida 50 ta tikuv mashinalari topshirildi.
Yap-yangi tikuv mashinalariga ega bo‘lgan xotin-qizlarning quvonchi cheksiz. Endi ular o‘z uylarida chevarlik qilib, daromad topishlari, oilasiga naf keltirishlari mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun