“Sug‘orish aksiyasi”da faollik ko‘rsatildi

Date:

Yoz, jazirama issiq, shunday paytda salqin joyda, muzdakkina suv sipqorish jonimizga ora kiradi. Biz kabi barcha tiriklik, jonivor-u o‘simliklar, gul-u daraxtlar ham ana shunday salqinlikka, suvga muxtoj bo‘lishini unutmasligimiz va kerakli yordamni berishga shoshimiz lozim.
Surxondaryoda ayni kunlarda “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini hamda ko‘p yillik daraxtlarni issiqdan saqlash uchun joriy yilning 20-iyul sanasidan 20-avgustiga qadar viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan viloyat miqyosida “Sug‘orish oyligi” e’lon qilindi.
Mazkur tadbirda ko‘chalar yoqasida ekilgan daraxtlar, barcha tashkilotlar, olis qishloqlargacha qamrab olinmoqda. Misol uchun Qumqo‘rg‘on tumanida loyiha doirasida ekilgan barcha ko‘chatlar sug‘orilib, ularni har xil zararkunandalardan himoyalash choralari ko‘rilayotir. Daraxtlarni sug‘orish aksiyasi doirasida shu kungacha vohaning tuman va shaharlari hududida 6 ming 500 tup daraxt va ko‘chat sug‘orildi. Tadbirda 300 nafar ko‘ngilli fuqaro ishtirok etib, 72 ta maxsus texnikalar kuchidan foydalanishdi.
Ushbu xayrli aksiya viloyat miqyosida davom etmoqda va har bir vohadoshimizni faollikka chorlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun