Ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab…

Date:

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Muqaddas Xoliqova mashhur va iste’dodli aktrisa. Bu ayolni ona obrazida jiddiy va komedik rollarda juda ko‘p ko‘rganmiz. Aktrisa tomoshabinning yaqinidek qadrli va sevimli bo‘lib ulgurgan. Kino va spektakllar orqali ijodini kuzatib borganimiz O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Muqaddas Xoliqova yanglig‘ bir guruh ijodkorlar ayni kunlarda Surxondaryoda mehmon bo‘lib turibdilar.
Viloyatimizning turli hududlarida ijodiy safarda bo‘lib, xalq bilan ochiq muloqotlar, suhbat va uchrashuvlar, kecha hamda konsert dasturlari uyushtirib kelinmoqda. Ana shunday ijodiy kecha Boysun tumanidagi Madaniyat markazida tashkil etildi va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Muqaddas Xoliqova hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Mehriddin Raxmatovlar ishtirok etdi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan teatrlashtirilgan konsert dasturi tomoshabinlarda ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun