Surxondaryoda yoshlar futbol akademiyasi tashkil etiladi

Date:

Futbol haqida gap ketsa, “Real”mi, “Barsa”mi degan savol yangraydi. Albatta, muxlislar ishqibozlik qiladigan futbol jamoasini baralla aytadi. Ammo qachon “Bunyodkor”mi, “Surxon” demaymiz? O‘zbek futbol jamoalaridan xafsalamiz pir bo‘lganmi yoki o‘zimizda haqiqiy futbolchilar chiqmaydimi, chiqarilmaydimi? Ayni savollar ortidagi javoblar esa bizning ayni og‘riqli nuqtamiz.
Millionlar o‘yini deya e’tirof etiladigan futbol haqiqatan ham sport turlari bo‘yicha birinchi raqamlisidir. Dunyo ahli qatorida yurtimizda ham futbolni sevib tomosha qiladiganlar, futbol o‘ynashga qiziqib, to‘p suradiganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Xalqimizning yagona orzusi esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham Jahon chempionatiga chiqsa… afsuski, bu orzu hali o‘z ro‘yobini topganicha yo‘q.
Buning sabablarini qidirsangiz, ehhe, bir qator dolzarb masalalar o‘rtaga tashlanadi-da, yechimi ustida bosh qotirish lozim degan xulosaga kelasiz. Barcha shart-sharoitlar, qulayliklar yaratilgan bir paytda futbolchilarni professional darajada tayyorlash talabi qo‘yilayotgan bir paytda futbolimizda yetuk mutaxassislar yetishmaydi. Shu sababdan ham yosh futbolchilar Jahon chempionatiga chiqish darajasida tayyorlana olmayapti.
Futbol sport o‘yiniga e’tibor kuchaygan bir paytda ana shunday muammolarni bartaraf etish choralari ham ko‘rilayotgani xalqimiz qalbida milliy terma jamoamizga nisbatan umid chirog‘ini yoqqandek bo‘ladi. Hamma gap malakali mutaxassisda ekan, nega endi dunyoning nufuzli futbol klublari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, futbolchilarimizni professional darajada tayyorlamasligimiz kerak?!
Hamkorlikda ishlaganda ham faoliyati davomida sohada muvaffaqiyatga erishgan, o‘zining oltin qoidasiga ega bo‘lgan murabbiylarni jalb etish yuqori natijaga erishish garovi bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda esa Yaponiya milliy futbol terma jamoasi nomini e’tirof etib o‘tish o‘rinlidir. Yaponiya Osiyo qit’asidagi ng kuchli va omadli jamoa sananladi. O‘z davlati sharafini munosib himoya qilib kelayotgan ushbu milliy terma jamoa ketma-ket oxirgi 4 ta jahon chempionatida ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Demak, yapon futbolidan o‘rganadigan jihatlarimiz bor. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning “Ventforet Kofu” sport klubi prezidenti Satoru Sakumani qabul qildi.
Uchrashuvda sport klubi bilan 2023-yil dekabr oyida Yaponiyada o‘tkazilgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, xususan, Surxondaryoda yoshlar futbolini rivojlantirish maqsadida akademiya tashkil etib, unda Yaponiya tajribasini tadbiq etish, futbolchilar va murabbiylarni tayyorlash, malakasini oshirish, Yaponiya va Termizda o‘yinlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
“Ventforet Kofu” sport klubi prezidenti Satoru Sakuma ham o‘z so‘zida boshlangan ushbu tashrifi davomida Termiz shahri va Termiz tumanidagi sport obyektlari, futbol akademiyasidagi imkoniyatlar bilan tanishganini hamda loyihalarni boshlash uchun zarur sharoitlar mavjudligini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida Surxondaryoda Yaponiya klubi bilan yoshlar futbolini rivojlantirish maqsadida akademiya tashkil etish va loyihalarni amalga oshirishni boshlashga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Insonparvarlik yordami koʻrsatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga muvofiq, xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash...

47 ta obyekt foydalanishga topshirildi

Yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Surxondaryo...

Uloq-ko‘pkarida g‘oliblar aniq

"Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumani "Qo‘shtepa" mahallasi...

15-martdan 15-aprelgacha…

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha...
KunTun
KunTun