Shaxmatchi faxriylar bellashdi

Date:

Yurtimizda yoshi ulug‘larni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom va e’tibor ko‘rsatish ezgu qadriyatlardan biri sanaladi. Ayni jihatlar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi dasturlaridan ham keng o‘rin olgan. Shu bois, partiyaning Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan faxriylarlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy faol nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ommaviy tadbirlarga jalb etish maqsadida Termiz shahrida istiqomat qilayotgan faxriylar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.
Bellashuv qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Albatta, jarayonli kuzatish maroqli bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘yin qoidasi asosida bellashishar ekan, vaqtlari mazmunli o‘tganini bot-bot takrorlashdi. Murosasiz bahslarda Hakim bobo Pardayev uchinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, Chori bobo Husanov yaqqol ustunlik bilan ikkinchi o‘rinni band etdi. Rustam bobo Olovuddinovga esa teng keladigani topilmadi va birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Yakunda g‘oliblarga partiyaning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ulug‘bek XO‘JAQULOV,
O‘zMTDP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen...

Behbudiy asarlari turk tilida

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida...

Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni...

Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z...
KunTun
KunTun