Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Albatta, bu odamlar muammolarini hal etib, turmushini yaxshilash, hayotga qarashlarini o‘zgartirishga xizmat qilayotir. Doimiy tarzda tashkil etiladigan xalq qabullari, sayyor qabullar kimda nima muammo bor, kimni nima masala qiynayapti, bariga munosib yechim topish choralari ko‘rilayotganini ham raqamlar so‘zlaganda o‘z isbotini topishi turgan gap. Ammo murojaati bor fuqaro xalq qabuli tashkil etilishini kutishi shart emas, shunchaki O‘zbekiston Respublikasi shtabining “1094-1100” ishonch raqamlariga sim qoqishi kifoya. Ayni platformaga kelib tushgan har bir murojaat e’tiborga olinadi, ijobiy yechim topishi uchun mas’ullar bor e’tiborini qaratib, vakolati doirasidagi imkoniyatlarini ishga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi shtabining “1094-1100 ishonch raqami” platformasigaga kelib tushgan mavjud muammolarning ijobiy hal etilishi bo‘yicha shtab tashkil etildi. O‘tgan davr mobayinida tashkil etilgan shtabda platforma orqali jami 511 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, bugungi kunda 386 tasi hal qilingan, 5 ta murojaat rad etilgan va 120 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Kelib tushgan murojaatlarning 386 tasi (76 foiz) tezkorlik bilan bartaraf etilgani esa e’tirof etarli holat.
Qabul qilingan murojaatlar Prezident qarorga muvofiq 18 ta tashkilot va idoralarning 20 dan ortiq mas’ul xodimlaridan tashkil topgan ekspert guruhlariga yo‘naltiriladi. Ular tomonidan murojaatlar hal qilish darajasiga ko‘ra individual va tizimli muammolarga ajratiladi. Bu borada kelib tushgan murojaatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli idoralar bilan tizimli ishlar tashkil qilingan. Shuningdek, har bir murojaatning mas’ul tashkilot va idoralar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va hal etilish holatini o‘rganish maqsadida tadbirkorlarga qayta qo‘ng‘iroq qilish tizimida ham ish olib bormoqda.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakillik tomonidan farmon talabiga ko‘ra muntazam ravishda ochiq muloqot doirasida kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini nazorat qilinib, qonunbuzilish holatlari bo‘yicha mansabdor shaxslarga nisbatan 13 ta ta’sirchan choralar ko‘rildi. Xususan, Respublika shtabi tomonidan Surxondaryo viloyati miqyosida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan platforma orqali jami 151 ta murojaat kelib tushgan. Xususan, viloyatga platforma orqali kelib tushgan jami murojaatning 119 tasi hal qilingan, qolgan 32 ta murojaat tegishli tashkilotlar tomonidan bosqichma-bosqich bajarilib kelinmoqda.
Date: