“Barqaror kelajak uchun moslashish va yumshatish”

Date:

“Yuksalish” umummilliy harakati Latviya mahalliy boshqaruv organlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishini yumshatish va moslashish bo‘yicha barqaror siyosatni rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha asosida, Termiz shahrida 3 kunlik seminar treningi o‘tkazildi. Seminarda “Yuksalish” umummilliy harakati rahbari Gulmira Amirova va boshqalar ushbu loyiha haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tishdi.


Shundan so‘ng, “Iqlim nima uchun va qanday o‘zgaradi” mavzusidagi mini-ma’ruza va iqlim faniga kirish” rolli o‘yini o‘tkazildi. “Barqaror kelajak uchun moslashish va yumshatish” mini ma’ruzasi ham seminar ishtirokchilarini qiziqtirib qo‘ydi. “Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hujjatlarni tahlil qilish” mashqida barcha o‘z imkoniyatlarini ishga soldi. “Hukumronlik kuchi” o‘yini va “Suv kelajagi” simulyatsiya o‘yini esa barchani faollikka chorladi. Ishtirokchilar o‘zlariga va kelajak avlod uchun suv, energetika va tozza havoning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatni asrab avaylash kerakligi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Ushbu seminar treningdan ko‘zlangan maqsad, Surxondlaryoda “Iqlim o‘zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va qaror qabul qilish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini oshirish” va ekologik barqarorlikka samarali erishish uchun harakatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun