Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Date:

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan boshqarma boshlig‘i M.Abdiraxmanov tomonidan, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar tinglandi berdi.
Unga ko‘ra 2024-yilning 1-iyul holatiga o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida 1465 ta holatda 320 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinish holati aniqlangan.


Mazkur yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga kadastr agentligi tuman(shahar) bo‘limlari tomonidan 1465 ta yozma ko‘rsatmalar yuborilgan hamda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 804 tasi, ya’ni 229 gektardagi yer qonun buzilish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida 2024-yilning yakunlangan 6 oyi davomida aynan bu yo‘nalish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 33 566 ta murojaatlarning 18 ming 748 tasi ijobiy hal etilgan.
Tadbir yakunida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan OAV vakillari va blogerlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishdi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun