Profilaktik ishlar olib borildi

Date:

Oila — muqaddas qo‘rg‘on. Uni asrash-avaylash lozim. U bizga xotirjamlik tuyg‘usini taqdim etadi. Jamiyat butunligi va ahilligini kafolatlaydi. Surxondaryo viloyati hokimligi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasining qo‘shma qarori ijrosi hamda Qiziriq tumanida “Turmush” va “Nizolashayotgan oilalarning muammolarini bartaraf etish” profilaktik tadbirlari asosida tumandagi xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli, ajrim yoqasiga kelib qolgan, sha’riy nikohda yashayotgan oilalar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borildi.


Ayni maqsadda tashkil etilgan suhbatga Qiziriq tuman hokimi A.Oripov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi B.Bo‘taeva, tuman prokrori J.Raximov, tuman IIB boshlig‘i SH.Allamurodov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i I.Abdullayev, Oila va xotin-qizlar bo‘lim hamda tumandan biriktirilgan tashkilot rahbarlari hamkorligida tumandagi nizoli, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar vakillari tashkil etildi.
So‘zimiz boshida aytganimizdek, nizolashayotgan, ajrashish istagidagi yoshlarga oilaning nechog‘lik muqaddas ekani, uni oddiy kelishmovchilik sabab buzib yuborishning oqibatlari haqida tushuntirishlar olib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun