“Birlashsak — Vatanmiz!”

Date:

Yurtimiz mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari oldidan Surxondaryo viloyatida katta bayram tadbirlari, festivallar, ma’naviyat kunlari o‘tkazilmoqdaki, bu mahalliy aholi qalbiga bayram shukuhini, hur va dorilomon kunlardan g‘ururlanish tuyg‘usini uyg‘otmoqda. Oltinsoy tumanidagi “Vaxshivor” bolalar oromgohida ham jonajon yurtimiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil qilingan “Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov, teatr aktyori Asadulla Nabiyev, “Nihol” mukofoti sovrindori Mashhurbek Rahimjonov, taniqli aktyor Akrom Ahmedov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼul xodimi Alisher Azimovlar tadbir mehmoni bo‘ldilar. Festival doirasida ko‘ngilochar tadbirlar, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun