“Prava” uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ham imtihondan o‘tiladi

Date:

Ko‘cha-ko‘yda harakatlanar ekanmiz, turli yo‘l transport hodisalarining guvohi bo‘lamiz. Ba’zida ana shunday hodisalar qurbonlariga birinchi yordam ko‘rsatamiz, ba’zilar esa istasa-da, bunday yordam ko‘rsatish ko‘nikmasiga ega bo‘lmaydi. Aslida har birimiz, yo‘lovchi yoki haydovchi bo‘lishimizdan qat’i nazar zaruriy tibbiy ko‘nikmaga ega bo‘lishimiz shart. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 408-sonli qaroriga tegishli tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, mazkur qarorning 24-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, endilikda «o‘quv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilairni tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha bitiruvchilardan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorni to‘g‘ri transpartirovka qilish ko‘nikmalari yuzasidan amaliy imtihonlar qabul qilinadi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy imtihonlarning mezonlari SSV tomonidan belgilanadi».

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun