Yashillikning, daraxtlarning ekologiyaga, inson salomatligiga nechog‘lik foydasi borligini yaxshi bilamiz. Biz nafas olayotgan havoni tozalab berayotgan yashillikning xizmati nihoyatda katta ekan, nega endi har birimiz yerga bitta bo‘lsa-da nihol qadamasligimiz kerak. Holbuki, “Yashil makon”, “Yashil bog‘lar”, “Mening bog‘im” kabi ummummilliy harakat va loyihalar tashkil etilib, xalqni daraxt ekishga chorlayotgan bir paytimizda hech birimizning chekada tomoshabin bo‘lib turishimiz yarashmaydi. Zora, daraxt ekkanlar, nihol ko‘kartirib, daraxt o‘stirishning mashaqqatini his etgan holda tiriklikning qadriga yetsa, qo‘liga bolta tutmasa, tabiatga zarar keltirmasa…
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʼim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʼgʼrisida”gi nizomga asosan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan mablagʼlarning kamida 50 foizi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “yashil bogʼ” va “yashil jamoat parklari” loyihalarini moliyalashtirishga yoʼnaltirilayotganidan xabaringiz bor. Shunga asosan “Mening bog‘im” loyihasida Surxondaryo mahallalari ham ishtirok etdi.
Ilk marotaba o‘tkazilgan “Mening bog‘im” loyihasi uchun ovoz berish jarayoni 27-iyundan 7- iyulga qadar davom etdi. Unda Surxondaryodan 62 ta tashabbus ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 15 ta mahalla g‘olib bo‘ldi. Ushbu tashabbusli byudjetda eng ko‘p ovoz Bandixon tumanidagi “Bandixon” mahallasi (1079 ta ovoz) g‘olib bo‘ldi.
Viloyat miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak 15 ta mahallada “Yashil makon” loyihasining joriy yilning kuzgi ko‘chat ekish mavsumida yangi bog‘lar yaratiladi.
“Mening bog‘im” loyihasi mablag‘lari hisobidan…
Date: