100 nafar ayolning bandligi ta’minlandi

Date:

Ishsizlikdan, bekorchilikdan har bir insonning yuzi qizaradi. Bugun har birimiz jamiyatga, oilamizga naf keltirishni o‘ylaymiz, bekor o‘tirishdan zadamiz. O‘y-xayollarimizni anglagan holda mahallalardagi har bir fuqaroning taqdiriga befarq bo‘lmagan mas’ullar siz-u biz bilan qiziqishadi, udda qila oladigan ishimiz haqida tahlil qilib, munosib taklif va tavsiyalarni berishadi. Natijada, o‘zimiz ham anglamagan iqtidorimiz kashf etilib, jamiyatga naf keltira boshlashimiz quvonarli hol.
Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida Prezident Xalq qabulxonalarining tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish faoliyati ham ayni shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Xususan, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi U.Yakubov, Surxondaryo viloyat Xalq qabulxonasi rahbari A.Eshmurodov, Sariosiyo tumani hokimi A.Donayev tomonidan tumanidagi 100 nafar ayolga tikuv mashinalari topshirilgani so‘zimiz isbotidir.
Mazkur yangi mexanizm bilan, avvalo, moddiy yordam so‘rab murojaat qilayotganlarning daromad topib, ro‘zg‘orini butlashi uchun imkoniyat, sharoit, tizim yaratib berilyapti.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun