“Tonirovka” uchun jarimalar kamayadi… mi?

Date:

Avtomobil oynalarini qoraytirishni, ya’ni “tonirovka”ni kimdir nomiga, chiroyli ko‘rinish uchun torttirsa, issib ob-havoda zaruratga aylanadi. Qanday usulda bo‘lmasin, mashinamizni “tonirovka” qilishga harakat qilamiz. Ammo qanchalik qoraytirishning ham o‘z talablari bor va buning uchun ruxsatnoma olish talab etiladi.
Ruxsatnomasiz avtomobil oynasini qoraytirganlik uchun esa jarima tayin. Ayni jarimalar miqdori kamayishi mumkin. Bu bo‘yicha Strategik islohotlar agentligi tomonidan taklif kiritildi. Qayd etilishicha, bugungi kunda ma’muriy jarimalar miqdorini belgilash mexanizmlarining yo‘qligi sodir etilgan huquqbuzarlikka nomutanosib bo‘lgan jarima solinishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalish tartibga solinmaganligi bois manfaatdor davlat organlari tomonidan jarimalar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga doir qonun loyihalarini tashabbuskorlik bilan ishlab chiqish holatlari ko‘payib ketgan.
Aslida avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirganlik uchun nazarda tutilgan 8,5 million so‘mlik jarima belgilanganda, ruxsatnomaning narxi 11-13 million so‘m bo‘lgan. Bugungi kunda ruxsatnoma 2,7 million so‘m etib belgilangan, ammo jarima miqdori esa o‘zgarishsiz qolmoqda. Agentlik tomonidan fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirish uchun belgilangan jarimalardan ustuvorlik jihatidan muhimroq hisoblanishi ta’kidlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun