Murojaatdan daromadga…

Date:

Xotin-qizlarning-da bandligini ta’minlash, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashishga katta e’tibor qaratilayotir. Sho‘rchi tumanida “Murojaatdan daromadga” loyihasi doirasida 105 nafar ayolga kerakli uskuna va anjomlarning topshirilgani, ularning bandligini ta’minlanga xizmat qiladi.
Oqkamar mahallasida yashovchi tadbirkor Dilbar Xolmo‘minova ham subsidiyaga uskuna olib, ish boshlagan besh nafar mahalladoshi bilan kooperatsiya tashkil qildi. Ular birgalikda maktab formasini tayyorlab, bozorga yetkazib beradigan bo‘lishdi. Bunday hamkorlikdan barcha birdek manfaatdor.
Kimdir tikuvchilikda chevar bo‘lsa, kimdir mohir pazanda. O‘zbek ayolining ayni shunday hislat va jihatlari esa ularni ishsiz qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilikda o‘z ishlarini boshlashlariga zamin yaratadi.
— Tikuvchilikni bilmaydigan, o‘ziga, qiz farzandiga, onasiga ko‘ylak tikmagan ayol bo‘lmasa kerak, — deydi Gulnora Omonova. — O‘z kasbini daromad manbaiga aylantirish, mehnatiga yarasha daromad olish bu tadbirkorlikdir. Daromad mabaimiz bo‘lgan tikuvchilik kasbimiz ortidan dasturxonimiz obod bo‘lmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun