“Bolaliktepa” obod manzilga aylanmoqda

Date:

Tarixiy yodgorliklarimiz kechani bugunga ulovchi, xalqni kechagi kun bilan tanishtiruvchi bebaho boylikdir. Ularni asrab avaylash, kelgusi avlodlarga bor bo‘yicha yetkazish bizning burchimizdir. Ammo haqiqiy holat qanday? Haqiqatan ham o‘zimizning ayni boradagi burchimizni ado eta olyapmizmi? Bunda trixiy yodgorliklar, madaniy meros obyektlarining holati asl haqiqatni so‘zlaydi.
Xususan, Angor tumanidagi “Bolaliktepa” arxeologiya yodgorligidagi holat ham havas qilarli darajada emas edi. E’tibordan, qarovdan chetda edi. Angor tumani hokimi Qosim Mardonov hamda mas’ullar Yangi hayot mahallasida joylashgan jahonga mashhur “Bolaliktepa” arxeologiya yodgorligida bo‘lishdi. Yodgorlik atrofini obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar nazorat qilindi. Shuningdek, tuman hokimi mas’ullarga hududni obodonlashtirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar buyurdi.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida “Bolaliktepa” ko‘shki markaziy qismidan antiqa devoriy suratlar topilgan. Ushbu suratlar zalning supa sathidan boshlab to‘rt tarafini bezab turganligi aniqlangan. Ularda V-VII asrlarda zodagonlar va katta yer egalari qarorgohida bo‘lib o‘tadigan bazm jarayoni tasvirlangan bo‘lib, jami 47 nafar shaxs aks ettirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun