“Kitobxon bolalar” loyihasi asosida…

Date:

Yoshlar, xususan bolajonlar ertamiz egalari. Ularning bilimli, salohiyatli bo‘lishlari, dunyoqarashi keng bo‘lishi uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Eng birinchi qadam sifatida ularni kitob bilan do‘st tutintiramiz. Kitob tanlashda ham ularning yoshiga, dunyoqarashiga mos va xos bo‘lgan adabiyotlar, ertak va hikoyalar tanlagan ma’qul. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bolalar adiblarining kichkintoylar hamda o‘smirlarga mo‘ljallangan ijodlaridan iborat 100 jildli to‘plamni chop etishga qaratilgan “Kitobxon bolalar” loyihasini amalga oshirayotgani esa bu yo‘ldagi muhim qadam bo‘ldi deyish mumkin. Agentlik tizimidagi “O‘zbekiston nashriyoti” DUK tomonidan ushbu loyiha doirasida 20 nomdagi bolalar adabiyoti nashrga tayyorlandi.
Ushbu yigirmatalikdan Tursunboy Adashboev, Qambar Ota, Hamza Imonberdiev, Kavsar Turdieva, Abdurahmon Akbar, Muhiddin Omon, Ravshan Is’hoqov va Orif To‘xtash kabi bolalar adiblarining ijod namunalari o‘rin olgan. Ta’kidlash joizki, joriy yil yakuniga qadar bolalar yozuvchisi va shoirlarining jami 50 nomda, 2025-yilda yana shuncha nomdagi to‘plam nashr etilishi ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun