Yilning eng yaxshi tarbiyachilari saralandi

Date:

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi-pedagoglardan katta mas’uliyat talab etiladi. Yoshlar taqdiriga mas’ul bo‘lishning o‘zi katta mas’uliyatda. Shunday ekan, ular o‘z ishlariga vijdonan yondashishlari, o‘z ustilarida tinimsiz ishlab, o‘qish va o‘rganishdan to‘xtamasliklari kerak. Bilimga, o‘rganishga chanqoq bolajonlarning beradigan savol-u so‘roqlariga javob berish kezi kelganda kattalarni ham esankiratib qo‘yishi haqiqat. Tarbiyachi opalar esa bunday holatda bolajonlar uchun ideal shaxs ekanini unutmaslik kerak.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarini aniqlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichida ana shunday salohiyatli, bilimli tarbiyachilar o‘zaro bellashdilar. Tanlovda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, jarayonni bevosita kuzatib bordi.
Tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 83 nafar metodist-tarbiyachi va tarbiyachilar qatnashib, 3 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar. Yakunda g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun