Olimpiada va Paralimpiadachilar bilan onlayn muloqot

Date:

Sport musobaqalarida ishtirok etish, ayniqsa, u xalqaro musobaqa yoki Olimpiada o‘yinlari bo‘lsa, sportchiga g‘urur-iftixor tuyg‘usi baxsh etish bilan birga, mas’uliyat yuklaydi. Shu sababdan ham ayni paytda yozgi Olimpiada oldi sportchilarimiz puxta tayyorgarlik ko‘rib, o‘zlarini jismonan chiniqtirib, raqiblari bilan munosib kurashish uchun hozirlik ko‘rishayotir. Ana shunday mas’uliyatli lahzalarda viloyat hokimining maslahat va tavsiyalari, qolaversa, eng yaxshi tilaklari voha sportchilariga motivatsiya berdi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan 2024-yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan surxondaryolik sportchilar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Ayni damda yurtimizning turli hududlari va xorijiy davlatlarda o‘quv mashg‘ulotlarida bo‘lib turgan sportchilarimiz bilan o‘tkazilgan onlayn muloqot davomida viloyat rahbari tayyorgarlik jarayonlarining borishi haqida suhbatlashdi. Sportchilarimizga dunyoning eng nufuzli musobaqasida omadlar tiladi.
Aytish kerakki, Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olipiya o‘yinlarida 5 nafar, XVII Paralimpiya o‘yinlarida 6 nafar surxondaryolik sportchi ishtirok etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun