Sharof Rashidov “yashil” toifadagi mahallaga aylandi

Date:

“Sharof Rashidov” mahallasi Termiz tumanidagi og‘ir hudud sifatida tanlab olingan edi. Mahallada qariyb bir oy mobaynida infratuzilmani yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Ko‘chalar, yo‘llar tartibga keltirildi, asfaltlandi, ko‘makka muhtoj oilalarning xonadonlari ta’mirlab berildi. Yangi mahalla idorasi tashkil etildi.
Qisqa muddatlarda tadbirlar o‘z yakuniga yetib, mahalla “qizil” toifadan “yashil”ga o‘tkazildi. Shu munosabat bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Shuxrat Nazarov, mutasaddilar, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etishdi.
Shuningdek, mahallada topshiriqqa asosan boshqaruv servis kompaniyasi ish boshladi. Tuman hokimi BSK faoliyati bilan tanishib, kelgusida faoliyat ko‘lamini kengaytirib borish yuzasidan tegishli tavsiyalarini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun