O‘zbekiston bo‘ylab…

Date:

Sayohatga otlandingizmi, birinchi navbatda, qayerga borishni, bir so‘z bilan aytganda turistik marshrutni belgilab olgan ma’qul. Ana shundagina sayohatimiz ko‘ngildagidek o‘tadi. Yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar va mahalliy aholi uchun sayohat yo‘nalishlarini aniqlashda qulaylik yaratish maqsadida turli turistik marshrutlar ishlab chiqilmoqda.
Ana shunday pirlar turistik marshrutidan Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolar o‘rin olgan. Jumladan, vohamizda joylashgan Alauddin Attor (Denov tumani), Mavlono Muhammad Zohid va So‘fi Olloyor (Oltinsoy tumani) hamda Al-Hakim At-Termiziy (Termiz tumani) majmualari marshrut yo‘nalishiga kiritilgan.
Surxon vohasi buddizmning ilk o‘choqlaridan sanalishini hisobga oladigan bo‘lsak, ko‘plab xorijiy davlatlar, xususan, Yaponiyadan tashrif buyuruvchi turistlar aynan buddizm obidalari bilan tanishish maqsadida viloyatimizga tashrif buyurishadi. Xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish hamda ushbu yo‘nalishda turistlarni keng jalb qilish maqsadida Surxondaryodagi buddizm manzillari bo‘ylab “Budda tur – Buddha tour” turistik marshruti ishlab chiqildi.
Marshrutga kiritilgan obyektlar va yo‘nalish bilan ilova qilingan infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun