Bilimi “Mental kids”da saralandi

Date:

Mental arifmetika yordamida o‘quvchilarning diqqatini jamlash, ijodiy, mantiqiy fikrlash va ularning iqtidorini aniqlash hamda kelajakdagi kasblarini to‘g‘ri tanlashga ko‘maklashish mumkin. Shu sababdan ham mental arifmetikaga qiziquvchi yoshlarning safi kengayib bormoqda. Qolaversa, farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmagan ota-onalar, birinchi navbatda, o‘g‘il-qizlarini mental arifmetika sirlarini egallashlari uchun munosib shart-sharoit yaratib berishayotir.
Egallangan bilimlar esa amaliy natijalar bilan sinalayotgani har bir ota-onaning tanlovi to‘g‘ri ekanini isbotlab berayotir. Shu maqsadda Denov tumanidagi 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-10 yosh toifasidagi o‘quvchilar o‘rtasida “MENTAL KIDS” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovda o‘quvchilar o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini ishga solib, berilgan topshiriq va shartlarni faollik bilan bajardilar.
Natijalarga ko‘ra, jarqo‘rg‘onlik Bunyod Gulboyevga 3-, viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zosi Javohir Zokirovga 2-, Denov tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zosi Bilol Abdumo‘minovga 1-o‘rin nasib etdi. G‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun