Workout: yakuniy bosqichda

Date:

Workaut sport musobaqalari allaqachon ommalashib ulgurdi. Ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, qolaversa, jismonan chiniqtirishga hissa qo‘shayotgan ushbu sport turiga qiziquvchi yoshlarning soni ortib borayotgani ham e’tiborli jihat. Buni sport musobaqalarida ishtirok etayotganlarning soni-yu, erishilayotgan natijalardan ham bilish qiyin emas.
Mamlakatimizning 14 ta hududidan jami 42 nafar ishtirokchi qatnashgan workout musobaqalarining respublika bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Aytish kerakki, ishtirokchilar o‘zlarining bor imkoniyatlarini ishga solib, nimalarga qodir ekanini namoyon eta oldilar. Natijalar esa maqtashga arzirli. 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyatidan Daler Bo‘riyev qo‘lga kiritgan bo‘lsa, biroz pastroq natija bilan 2-o‘rinni Surxondaryo viloyatidan Obidjon Xolmo‘minov egalladi.
G‘oliblarga O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Quvonarlisi, davlatimiz tomonidan respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarining mahallalariga sport maydonchalari ham qurib beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun