Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Date:

O‘qishni tamomlagan yosh borki, o‘zi sevgan kasbda ishlashni istaydi. Tajriba oshirsa, yuqori natijalarni qayd etsa… Marrani katta olgan yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari, izlovlariga munosib kasbni egallashlari uchun Termiz shahridagi San’at saroyida Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, viloyatdagi barcha boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu mehnat yarmarkasi ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar, probatsiya ro‘yxatida turgan ishsizlarni bandligiga ko‘maklashish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida o‘tkazildi. Erta tongdan muhtasham San’at saroyi munosib ish topishni reja qilgan yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Ushbu mehnat yarmarkasida Termiz muhandislik-texnologiya instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun