Diplomlar tantanali topshirildi

Date:

Bugun oliygohni tamomlayotgan yoshlar uchun hayajonli kun bo‘ldi. Sababi, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasida joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan bir guruh bitiruvchi talabalar bilan uchrashib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.


Shuningdek, ta’lim maskanlarini a’lo baholarga tamomlagan bakalavr va magistrlik darajasini egallagan bir guruh bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi. Viloyat rahbari o‘z so‘zi yakunida viloyat hokimidan tortib, barcha sektor rahbarlari, tashkilot va boshqarmalar mutasaddilari yoshlarga ko‘makchi ekanligini, ularning hayotda o‘z yo‘llarini topishi, munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi uchun barcha yordamlar ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Joriy yil 8 ming nafardan ortiq surxondaryolik yosh oliy ta’lim muassasalarini tamomlashmoqda. Bu ana shuncha yoshning kelajakka yo‘llanma olib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ish faoliyatini, ilm yo‘lidagi izlanishlarini davom ettiradi degani. Shijoatli yoshlar bugungi uchrashuvdan motivatsiya oldi, aynan viloyat rahbarining ishonch bildirib, ularni qo‘llayotgani ularning ertangi kuniga katta ishonch bag‘ishlayotgani bitiruvchilarning yuz-ko‘zlaridan namoyon bo‘lib turibdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun