Sportchilarimiz “Osiyo bolalari”da g‘olib

Date:

Yozgi ta’til maroqli o‘tmoqda. Yoshlar munosib xordiq chiqarish bilan birga sportda, san’atda, ijodda muvaffaqiyatga erishayotganlari oltinga teng vaqtlarini behuda o‘tkazishmayotganidan dalolat. So‘zimiz isboti sifatida aytishimiz mumkinki, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasi, Yakutsk shahrida anʼanaviy “Osiyo bolalari” kompleks musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada Osiyoning iqtidorli o‘g‘il-qizlari qatorida yurtimiz sharafini munosib himoya qilish maqsadida surxondaryolik yosh sportchilar ham jonbozlik ko‘rsatishdi. Ular erishgan g‘alaba va muvaffaqiyat maqtanishga, iftixor etishga arziydi. Dzyudo bo‘yicha Musurmon Ahrorov bo‘sh kelmadi, barcha raqiblari bilan mardonavor kurashib -90 kilogramm vazn toifasida 1-o‘rin bilan oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ayollar kurashi bo‘yicha Shahzoda Azimova ham nechog‘lik chapdast ekanini ko‘rsata oldi va o‘z vazn toifasida ikkinchi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun