Bolalar chiniqtirilmoqda

Date:

Yoz fasli sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish uchun eng qulay fursatdir. Bunda bola organizmining jismonan sog‘lom bo‘lishi va chiniqtirish uchun zaruriy sharoitlardan imkon qadar ko‘proq foydalanish lozim.
Suv, havo va quyosh vannalarini o‘tkazish esa chiniqtirish jarayonidagi maxsus tadbir sanaladi.
Suv havzalarida cho‘milishni tashkil etishda bolalar yoshiga alohida e’tibor beriladi. Kichik va o‘rta guruhlarda 15-20 daqiqa katta va tayyorlov guruhlarida esa 25 daqiqani tashkil etadi. Bolalarga suv havzalarida cho‘milish faqatgina shifokor ruxsati bilan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chiniqtirish asta-sekinlik bilan muntazamlikni ta’minlagan holda amalga oshiriladi.
MTTda bolajonlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, chiniqishning samarali vositalaridan foydanailmoqda. Cho‘milish bilan birga toza havoda kunduzgi uyqu bolalarni chiniqtirayotir. Bu tananing sovuqqa, yuqori nafas yo‘llaring srunkali kasalliklarga chidamligini oshiradi.

Aziza Djo‘rayeva,
Termiz shahridagi 12-DMTT tarbiyachisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun