Targ‘ibot ishlari olib borildi

Date:

Hozirgi kunda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar soni ko‘payib borayotganligi haqida tez-tez qulog‘imizga chalinadi. Ayniqsa, tungi paytda ota-onalar baqir-chaqir bilan farzandlarini ko‘chalardan, kompyuterxonalardan topib kelganligi haqida eshitamiz. Bunday holat farzandlarimizning jinoyatchilikka qo‘l urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Aytish joyizki, ana shunday ko‘ngilsizliklarning oldini olishda hamda mahallaning tinchligi, osoyishtaligi, xotirjamligini ta’minlashda o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan fidokorona yondashib kelayotgan ichki ishlar, Milliy gvardiya, prokuratura xodimlari hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Termiz tumanida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish bo‘yicha tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, tuman IIB binosida reyd tadbirlari oldidan vazifalar belgilab olindi. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hududlarda reyd tadbirlari olib borildi. Bir qancha mahallalardagi tunda aholi yig‘iladigan joylar, kompyuterxonalar, mini stadionlar kabi joylarda olib borilayotgan profilaktika ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatish, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun