Bitiruvchi yoshlarni band qilish maqsadida

Date:

O‘qishni tamomlagan borki, qayerda ishlasam ekan degan o‘y bilan munosib ish o‘rnini izlashga tushgan. To‘g‘ri-da, har bir inson jamiyat uchun, davlat uchun naf keltirishni istaydi. Ana shunday izlovlarga labbay degandek, Bandixon tumani hokimligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu mehnat yarmarkasi yoshlar uchun har tomonlama foydali bo‘ldi. Tashkilot va korxonalar taklif etayotgan ish o‘rinlari haqida qiziqib, ma’qul kelganlari bilan shartnomalar qilishga kirishdilar. Yarmarkada 46 dan ortiq korxona va tashkilotlar 239 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Shu kuni 51 nafardan ortiq fuqaro yarmarkada ishtirok etdi va 10 nafari doimiy va mavsumiy haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashtirilib yo‘llanma berildi. 41 nafar fuqaroga esa mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushunchalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun