Termiz tumani yangi qiyofa kasb etib…

Date:

Respublikamizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Termiz tumanida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilyapti. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32 sonli farmoni dasturil amal bo’lib xizmat qilmoqda. Ushbu farmon asosida 2023-yilda Termiz tumani “Yangiobod” mahallasi hududidan 6,74 gektarlik hududda “Yangi O‘zbekiston” massivini qurish loyihasi amalga oshirish ishlari boshlanib, jarayon davom etayotir. “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga asosan 18 ta 16 qavatli, jami 1980 xonadonli uy-joy, 1 ta 1320 o‘rinli umumta’lim maktabi, 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 ta 1500 o‘rinli Termiz davlat Pedagogika universiteti o‘quv binosi qurilishi reja qilingan. Ushbu rejadagi 16 ta ko‘p qavatli uy-joylar to‘lig‘icha auksion savdosiga qo‘yilib, 5 ta tadbirkor tomonidan yutib olingan va hozirgi kunda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilyapti. Bundan tashqari, 3, 3 gektar yer maydonida Termiz davlat universiteti Pedagogika institutining 6 qavatli 1500 o‘rinli o‘quv binosini qurish ishlari ham tezkorlik bilan amalga oshirilmoqda. O’quv binosining umumiy qiymati 39 milliard 834 million so‘m bo‘lib, joriy yil uchun ajratilgan limit 18 milliard 099 million so‘mni tashkil etadi. Qurilish ishlari bosh pudratchi “SIFAT PLYUS QURILISH” MCHJ tomonidan yakuniy bosqichda.
Aholiga yashash, o‘qish, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qatorida ularning madaniy xordiq chiqarishlari uchun yetarlicha sharoit yaratish bosh maqsadimizdir. Shunga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” massivida umumiy maydoni 11,25 gektar yer maydonida “Yangi O‘zbekiston bog‘i” barpo etilmoqda. Ushbu bog‘da 260 o‘rinli avtoturargoh, Humoqush stellasi, favvora, 3500 o‘rinli amfiteatr binosi va amfiteatr sahnasi, bolalar o‘yingohi, yengil turdagi sport maydonlari hamda 5,43 gektar maydonda yashil hududlar qurilishi rejalashtirilgan.
Aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida ham keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilyapti. Tumanda investitsiya hamda obod qishloq hamda obod mahalla dasturlari doirasida keyingi 2 yil ichida 5 ta obyektda suv ta’minotini yaxshilash ishlari olib borildi. “Sabzipoya” mahallasida artezian quduqlarini qazish va suv inshootlarini qurish, “Bunyodkor” mahallasida 18,3 kilometr yangi suv quvurlarini, “Kelajak” mahallasida 16, 3 kilometr yangi suv tarmog‘ini, “Termiz” mahallasida 3, 1 kilometr suv tarmoqlari tortish va yangi suv minorasini o‘rnatish, “Yangihayot”, “Nurafshon” mahallalarida ham ichimlik suvi quvurlarini tortish ishlari amalga oshirilib, aholiga toza ichimlik suvlari yetkazib berildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha, joriy yilda 18, 4 kilometr yangi tarmoq, 10 dona suv nasosi hamda 10 ta suv inshooti (bashnya) o‘rnatilib, aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlari amalga oshirildi.
Xalqimizda “yo‘l ravon bo‘lsa, manzil yaqin” degan ajoyib naql bor. Buni tumanimiz yo‘lsozlari juda yaxshi bilishadi. Bugungi kunda Termiz tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi balansida xalqaro ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining uzunligi — 55 kilometrni (ta’mirtalab qismi 8 km), davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari uzunligi — 94 kilometrni (ta’mirtalab qismi 10 km), mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari uzunligi — 44 kilometr ni (ta’mirtalab qismi 14 km) tashkil etadi. Joriy yilning o‘tgan davrida Davlat dasturlari hamda hashar yo‘li bilan tumanda bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha, jami 17, 5 kilometr asfalt, 1, 1 kilometr beton qoplama hamda 37, 4 (shundan 14, 5 km hashar) kilometr tuproqli yo‘llarga shag‘al yotqizish ishlari, qolaversa, 87 kilometr umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari qoplamalarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 6, 81 kilometr yangi tarmoq tortish ishlari va 5 dona yangi transformator punktlari o‘rnatilgan bo‘lsa, 3 ta mahallada transformator punkti yuklanmasini kamaytirish maqsadida qo’shimcha 3 dona qo‘shimcha transformator o‘rnatildi. Ijtimoiy soha infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha, “Sabzipoya” va “Bunyodkor” mahallalarida mahalla idorasi binolari qurib foydalanishga topshirildi.
Termiz tumanida joriy yilda aholiga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish maqsadida 8 mingga yaqin abonent tabiiy gaz hamda qariyb 22 ming abonent suyultirilgan gazdan bahramand bo‘lishyapti. Yil yakuniga qadar salkam 20 million metr3 tabiiy gazni iqtisod qilish rejalashtirilgan. Shu jumladan, issiqxona xo‘jaliklarida qurilish materallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda muqobil yoqilg‘i turiga o‘tkazish hisobiga 18, 2 million metr3 tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Byudjet tashkilotlaridagi isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish hisobiga 0,237 million metr3 gaz iqtisod qilinadi. Bundan tashqari, biogaz ishlab chiqarish qurilmalarini yirik chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari qoshida o‘rnatish hisobiga o‘z ehtiyojlarini va yaqin atrofdagi iste’molchilarga sotish imkoniyati yaratiladi.

Bunyod Djurayev,
Termiz tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan...

Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan....

Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum...

Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning...
KunTun
KunTun