Qurbon hayiti yangi uyda nishonlandi

Date:

Muborak Qurbon hayiti Surxon yoshlari uchun quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi. Ayyom arafasida Termiz shahri va tumanlarda turar-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj, davlat g‘amxo‘rligiga olingan 56 nafar yosh yangi uyli bo‘ldi.
Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, yoshlarning quvonch-u hayajoniga sherik bo‘ldi. Boysun tumanidan “Zoom” platformasi orqali ishtirok etgan biloyat rahbari mamlakatimizda keyingi yillarda yosh avlodga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar yigit-qizlarning hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Ota-ona qaramog‘idan ajralgan o‘g‘il-qizlarga ta’lim-tarbiya berish, uy-joy va ish bilan ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor haqida atroflicha fikr yuritdi.
Marosimda Boysun tumanidagi to‘rt nafar yoshga uy-joylar sertifikati topshirilgan bo‘lsa, shu kuni Sho‘rchi tumanida ham ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yetti nafar o‘g‘il-qiz uy-joyli bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun