Ishsiz yoshlarga yer ajratildi…

Date:

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra, yurtimizda aholi turmush farovonligini yaxshilash, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda daromadini oshirish maqsadida yer ajratilib, ertamiz egalariga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xalqimiz orasida yerni boqsang, yer seni boqadi degan hikmatli gap bor.
Shuningdek, har-bir xonadon tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib, ro‘zg‘orining kam-ko‘stini qoplab, xonadoniga qo‘shimcha daromad keltirayotganlar safi kun sayin ortib bormoqda. Jumladan, Angor tumanida ishsiz yoshlarning doimiy bandligini ta’minlash, ularni tomorqalardan maqsadli foydalanishga, qo‘shimcha daromad topishga yo‘naltirish maqsadida Tallashqon mahallasi hududida 9 gektar yer maydoni ajratildi.
Tumandagi Tallashqon, Kattaqum hamda Karvon mahallalarida yashovchi 30 nafar yoshga 30 sotixdan yer ajratib berildi. Shu kunning o‘zida yoshlarga ajratilgan yer shudgorlanib, ekin ekildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun