Termizda yoshlar sayli o‘tkazildi

Date:

Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shoiri ostida o‘tkazilgan Yoshlar sayli minglab o‘g‘il-qizlarni ayni ezgu maqsad sari birlashtirdi.


Termiz shahrida boshlangan tadbirlarning gala-konsert dasturida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Har jabhada ilg‘or, o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlar hamda ular tahsil olayotgan ta’lim muassasalariga pul mukofotlari hamda sport anjomlari sertifikatlari tantanali topshirildi.


Xususan, Surxondayo viloyati hokimi stipendiyasi hamda ommaviy sport tadbirlarini rivojlantirish uchun 1 milliard so‘mlik, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari uchun 68 million so‘mlik va “Besh tashabbus” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash uchun 230 million so‘mlik pul mukofotlari sertifikatlari shular jumlasidan.


Jarayon davomida “Bo‘zatov fest” festivalining respublika bosqichida faxrli o‘rinni egallagan viloyatimiz yoshlari tomonidan kuy va qo‘shiqlar yangradi.
Gala-konsert dasturida estradamiz yorqin yulduzlari, Shohruhxon, Hamdam Sobirov, Shohruh, “Bojalar” guruhi hamda boshqa san’atkorlar, shuningdek, taniqli boshlovchilarning chiqishlari yoshlar saylini haqiqiy bayram shoulariga aylantirdi.

N.Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun