“Janub gavhari” o‘z faoliyatini boshladi

Date:

Yozgi sog‘lomlashtiruvchi oromgohlarning ish boshlagani, bolajonlarni o‘z bag‘riga olib, qiziqarli mashg‘ulotlarga start berilgani, bu borada birmuncha kechikib ochilayotgan oromgohlar jamoasini shoshilishga undagani aniq. Sababi, o‘tayotgan har daqiqa g‘animat. So‘lim tabiati, salqin va toza ob-havosi tanga hush yoquvchi Uzun tumanida ham “Janub gavhari” oromgohi hechdan ko‘ra kech bo‘lsa-da, o‘z ish faoliyatini boshladi.
Ayni kunga qadar ushbu oromgohda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Sport maydonlari, bino va inshootlarning tashqi fasadi va ichki qismi ta’mirlandi. Bir so‘z bilan aytganda, oromgoh ko‘rkam va ajoyib ko‘rinish kasb etdi.
So‘nggi bosqichdagi ishlar yakunlanishi bilan, 200 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur bolalar oromgohi o‘zining birinchi mavsumini boshlagani esa bolajonlar uchun haqiqiy bayrm tuhfasi bo‘ldi. Ishtirokchilar kun davomida vaqtlari mazmuhnli o‘tayotganidan, tarbiyachi opalarning g‘amxo‘rligidan, foydali va vitaminlarga boy taomlar iste’molidan shod va mamnun.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun