Yosh shaxmatchilar bo‘sh kelishmadi

Date:

Sport nafaqat insonni jismonan chiniqtiradi, balki aql-idrokni charxlab, o‘ylashga majbur etadi. Shaxmatda xuddi shunday. Shu sababdan ham yoshlarni shaxmatga jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ayni maqsadda Angor tumanidagi mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tarbiyalanuvchilarning iqtidorlarini aniqlash, yanada rivojlantirish, sportga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish hamda ularning jamiyatda moslashishiga yordam berish ko‘zlangan musobaqa qizg‘in tus oldi.
Musobaqada tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 5-7 yosh toifasidagi 50 nafardan ziyod tarbiyalanuvchilari o‘zaro bellashdilar. To‘g‘ri, endigina shaxmat o‘ynashni, o‘yin qonun-qoidalarini o‘rgangan bolajonlardan ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan yurishlarni kutish to‘g‘ri emas. Ammo asosiysi, ular bo‘sh kelishmadi. Maroq bilan murosasiz bahslarga kirishishdi.
Yakunda g‘oliblar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun