“Yoz – o‘tmoqda soz!”

Date:

Yoz — o‘quvchi-yoshlar intiqlik bilan kutadigan fasl. Asosiysi, do‘stlar davrasida vaqt mazmunli o‘tadi. Ayniqsa, oromgohlarda dam oladiganlar yangi do‘stlar orttirish bilan birga qiziqarli mashg‘ulotlar, o‘yinlar, turli sport musobaqalari bilan mashg‘ul bo‘lishning gashtini faqat va faqat bolajonlarning taassurotlaridan ko‘rish, kuzatish mumkin. Suzish havzalaridagi suzish, maza qilib cho‘milish esa tanga rohat deyavering.
Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 18-maydagi “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha viloyat muvofiqlashtiruchi guruhi majlisining” tegishli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 3-iyun kunidan boshlab, Sherobod tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida kunduzgi maktab oldi oromgohlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu oromgohlarda 900 nafardan ortiq o‘quvchi mazmunli xordiq chiqarib, sog‘lomlashtirilmoqda. Oromgohda tarbiyalanuvchilar uchun maktab ma’muriyati tomonidan shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar ma’naviy-ma’rifiy madaniy tadbirlar bilan birgalikda sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha shug‘ullanishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun